Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijondan 10 nafar fuqaro “YujUralZolota” kompaniyasiga ishlash uchun ketdi
12:15 / 2021-06-22

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy davlatlar ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida turli davlatlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Agentlikning Andijon viloyati filiali hamda Rossiya Federatsiyasining “Uchebnыy sentr professionalnogo razvitiya” o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan Chelyabinsk shahridagi “YujUralZolota” kompaniyasiga Andijon viloyatidan 10 nafar fuqaro vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.