Andijon viloyati sport boshqarmasi tasarrufidagi suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan maktab tarbiyalanuvchilari orasida mamlakat chempionlari bilan birga qit’a va jahon miqyosidagi musobaqalar g‘oliblari, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari safi yildan-yilga kengayib bormoqda.
– Maktabimizda ayni paytda 320 nafar o‘g‘il-qiz suv sportining suzish, sinxron suzish, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, parasuzish hamda parakanoe turlari bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirmoqda. Ularning 128 nafarini qizlar tashkil etadi, - deydi muassasa bosh murabbiyi Oybek Ismoilov. – Yopiq suv havzasi yaxshi holatda. Havza isitish tizimiga ega. Alohida kiyim almashtirish xonalari, tibbiy ko‘rik xonalari, fitobar, trenajyor maydonlari tarbiyalanuvchilarimiz ixtiyorida. Murabbiylar soni esa 8 nafar.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunga qadar bu yerdan ko‘plab chempionlar yetishib chiqqan. Xalqaro toifadagi sport ustalari Muzaffar Tursunxo‘jayev, Firdavs Musabekov, Iroda Rustamova, Shahzoda Mamadaliyeva, Nilufar Zokirova, Eldorbek Usmonov Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.
[gallery-17727]
– Kelgusida Osiyo, jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlari kabi eng nufuzli musobaqalarda g‘olib bo‘lishni o‘z oldimga qat’iy maqsad qilganman, - deydi O‘zbekiston chempioni, qator turnirlar sovrindori Saidakbar Abdumannopov. – Buning uchun mana shunday keng imkoniyatlardan foydalanib, murabbiylarimizdan saboq olib, kuch va qobiliyatimni rivojlantirishga harakat qilyapman.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IwVKUs2xCac" title="Andijondagi yana bir chempionlar maktabi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zuhriddin UMURZOQOV (surat, video), O‘zA