Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijondagi oromgohlarda 20 ming nafardan ziyod o‘quvchi dam oladi
14:42 / 2022-06-13

Bolajonlarning eng sevimli davri hisoblangan yoz fasli ularning qalbiga olam-olam quvonch, hayrat va hayajon, unutilmas lahzalarni tortiq etishi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning har jihatdan yetuk, barkamol voyaga yetishlarini ta’minlashda, ularni sog‘lomlashtirishda bolalar dam olish oromgohlarining o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Andijon viloyatida shahar chetida joylashgan 19 ta bolalar oromgohida, shuningdek, maktablar qoshida tashkil etilgan 68 ta sog‘lomlashtirish oromgohda joriy mavsumda 20 ming 400 nafar bola dam olishi belgilangan. 

Ayni kunda oromgohlar belgilangan talablar asosida ish olib bormoqda. Bolajonlar dam olib, salomatligini tiklamoqda, yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazmoqda. 
Oromgohlarning samarali faoliyat yuritishi, bolajonlarning maroqli va mazmunli dam olishini ta’minlash uchun muayyan tajriba va malakaga ega pedagoglar, sport murabbiylari, tarbiyachilar, tibbiyot, madaniyat xodimlari jalb etilgan. 

Bundan tashqari, oromgohlarda tibbiy punktlar tashkil etilib, bolajonlarning salomatligini, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi qat’iy nazoratga olingan. 

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA