French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijondagi kasb-hunar maktabida bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi
11:36 / 2022-07-14

Andijon shahridagi 4-sonli kasb-hunar maktabida ilk bor bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.

 “Kasb-hunar bilan kelajak sari” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda  332 nafar bitiruvchining 82 nafariga a’lo baholarga o‘qigani va namunali xulqi uchun imtiyozli diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

[gallery-7917]

 Tantana davomida so‘zga chiqqan ota-onalar, jamoatchilik vakillari samimiy tilaklar izhor etib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlarni o‘qib-izlanishdan to‘xtamaslikka, kasbiy bilim va mahoratini oshirib borishga da’vat etdi. 

Zuhriddin UMURZOQOV, O‘zA