Andijon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionlari aniqlandi.
Uch kun davom etgan mamlakat chempionatida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va belbog‘li kurash yo‘nalishlarida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa 8 ta vaznda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Chempionatda kuchli uchlikdan joy oladigan polvonlar joriy yil may oyida Nukusda o‘tkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etadi.
O‘tkazilgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, Ilyosbek Hamidboyev (Namangan), Behruzbek Murotov (Andijon), Sanjarbek Hoshimjonov (Farg‘ona), Nuraziz Ilhomiddinov (Navoiy), Diyorbek Abduxalilov (Toshkent v.), Munisa Temirova (Namangan), Gulsevar Nurqobilova (Jizzax), Aysiluv Qidirbayeva (QQR) kabi bir qator sportchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA