French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda yosh qizaloq qarovsiz qolgani rostmi?
16:09 / 2022-08-03

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning yig‘lab gapirgan vidosi tarqaldi. Unda qizaloq yaqinlarini ichki ishlar xodimlari qamab qo‘ygani, o‘zi esa yolg‘iz, qarovsiz qolganini aytib, yordam so‘ragan.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovga murojaat qildik.

– Bu oilaning jinoiy harakatlari haqida ma’lumot tarqatish niyatimiz yo‘q edi, – deydi Sh.G‘iyosov. – Lekin o‘zlarining qabih niyatlarini amalga oshirish ilinjida jajji qizaloqdan foydalangan odamlarning harakatlariga jamoatchilikning o‘zi xulosa beradi, degan umidda quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Joriy yilning 15 iyul kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchilar (videotasvirdagi qizaloqning qarindoshlari) 1972 yilda tug‘ilgan M.M., 1975 yilda tug‘ilgan M.S. Asaka tumani hokimiyatiga kelib, 2004 yilda tug‘ilgan S.I. uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyun kungi 402-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli o‘qishga kirishga tavsiyanoma olish maqsadida hokimlik binosi hududida janjal ko‘targan. Asaka tumani hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Aliyevani jamoat joyida boshqa tashkilot va muassasalar rahbarlari ko‘z oldida hech bir sababsiz uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, sochlari va kiyimlaridan tortib, urib-do‘pposlashgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining 2022 yil 20 iyun kungi 786-sonli xulosasiga ko‘ra D.Aliyevaga qisqa muddatga sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilgan.

Bundan tashqari, fuqaro M.M. joriy yilning 20 iyun kuni soat 15:40 da o‘g‘li A.I., qizi Z.G‘. hamda jiyani S.I.lar bilan Asaka tumanlararo iqtisodiy sudiga kelib, sudda «Asakabank» AJ filialidan A.I.ga tegishli bo‘lgan “Asaka Bread Svit” MCHJga 500 mln. so‘m kredit ajratish bo‘yicha qilgan murojaati rad etilganligi sababli sud zalida «Asakabank» AJ Bobur filiali rahbari B.Haydarovni haqoratlab, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, urib-do‘pposlagan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining 2022 yil 21 iyun kungi 805-sonli xulosasiga ko‘ra, qisqa muddatga sog‘lig‘ini buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazgan. Ularni bezorilik harakatlarini to‘xtatmoqchi bo‘lgan Milliy Gvardiya xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishgan.

Ma’lumot uchun, mazkur oila 2017 yildan buyon amaldagi qonun hujjatlarini ochiqdan-ochiq buzish, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, fuqarolar va davlat idoralarining vakillari bilan deyarli har kuni turli janjallar uyushtirib yurishi bilan «tanilgan».

Banklardan bir necha marotaba kredit mablag‘larini olishga erishib, so‘ng bank va boshqa xodimlar bilan aynan kredit qarzdorligini to‘lamaslik uchun janjallashib, ularning ustidan turli idora va tashkilotlarga tinimsiz murojaatlar yo‘llab (2020-2022 yillar mobaynida viloyat IIBning o‘ziga 64 marotaba murojaat qilgan), o‘tkazilayotgan sayyor va ommaviy qabullarga borib, notinchliklar tashkil qilib kelgan. Doimiy ravishda norozi kayfiyatda yurishi bilan aholi hamda davlat idoralarining e’tiboriga tushgan.

Masalan, ayblanuvchi M.M. muqaddam 2016 yil 22 yanvar kuni JKning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, 1 yil 10 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Shuningdek, M.M. MJtKning 183-moddasi bilan 3 marta, 194-moddasi bilan 1 marta, 40-moddasi bilan 1 marta, 41-moddasi bilan 3 marta, 211-moddasi bilan 1 marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Hozirda, fuqaro M.M. Andijon viloyatidagi banklardan jami 738 mln. 210 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘larini qo‘lga kiritib, ularni qasddan to‘lamasdan kelmoqda.

Uning singlisi (internet tarmoqlarida chiqishi uyushtirilgan qizchaning onasi) M.S., muqaddam 2006 yil 19 dekabr kuni JKning 109-moddasi 2-qismi bilan sudlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 2022 yil 22 iyun kuni M.M.ga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi, 140-moddasi 3-qismi «a» bandi, 277-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari bilan; Z.G‘.ga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi va 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan; A.I.ga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi va 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan; S.M.ga (qizchaning onasi) nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi, 140-moddasi 3-qismi «a» bandi, 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan; S.I.ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi «a» bandi va 277-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan ayblov e’lon qilinib, shu kunning o‘zida M.M., Z.G‘., A.I. va S.M.larga nisbatan qamoqqa olish, voyaga yetmagan S.I.ga nisbatan esa uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Ayblanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, fuqaro M.M. va uning jinoiy sheriklari bo‘lgan oila a’zolari tomonidan boshqa bir qator g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etganligi aniqlangan.

Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan ayblanuvchi M.S.ning ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat qilgan voyaga yetmagan qizi I.I. ayni vaqtda yaqin qarindoshlari opasi, xolasi va uning turmush o‘rtog‘i qaramog‘iga topshirilgan.

O‘zA