Andijonda “yosh harbiylar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Andijon shahridagi harbiy garnizonda “Yosh harbiylar” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Andijon shahridagi harbiy garnizonda “Yosh harbiylar” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va harbiy garnizon hamkorligida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida, qolaversa, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlanib umumta’lim maktablari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh harbiylar” musobaqasining viloyat bosqichida ushbu musobaqaning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan to‘rt jamoa o‘zaro bahs olib bordi.
Ishtirokchi jamoalar safda qo‘shiq aytib yurish, estafeta, davlat ramzlarini ta’riflash, merganlik, turnikda tortinish singari belgilangan qator shartlar asosida o‘zlarining bilim va mahoratlarini namoyish etdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Baliqchi tumandagi 37-umumta’lim maktabining “Boburiylar” hamda Xo‘jaobod tumanidagi 2-umumta’lim maktabining “Temurbeklar” jamoalari g‘olib deb topildi.
Asaka tumanidagi 35-davlat ixtisoslashgan maktab-internatning “Temuriylar” jamoasi ikkinchi, Izboskan tumanidagi 31-umumta’lim maktabining “Vatanparvar” jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
“Ushbu musobaqada ishtirok etib, harbiy sohadagi bilim va mahoratimizni boytdik. Eng asosiysi, jimsmonan chiniqdik, shaxsan men kelajakda harbiy xizmatchi bo‘lib, Vatanimga munosib farzand bo‘lishga qat’iy ahd qildim,– deydi Asaka tumanidagi 25-DIMI o‘quvchisi Xumoyun No‘monov.
G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, faxriy yorlig‘ va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.