Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston qishki chempionati o‘tkazilmoqda
11:03 / 2026-01-30

Andijon shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootda o‘tkazilayotgan kattalar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Andijon viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan qishki chempionatda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar, shuningdek, kattalar – erkaklar va ayollar o‘rtasida bahslar o‘tkazilmoqda. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Respublikaning barcha hududlaridan kelgan jamoalar tarkibida 500 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

– Yuqori saviyada o‘tkazilayotgan musobaqalarda sportchilar qishki yengil atletika dasturidan o‘rin olgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda, – deydi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Hasanboy Ortiqov. – Quvonarlisi, musobaqada ishtirokchilar yuqori natijalarga erishmoqda, qator yo‘nalishlarda mamlakat rekordlari yangilandi. 

Murosasiz bahslar asosida o‘tayotgan musobaqalar natijalariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar diplom, tegishli medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari