Andijonda Yangi yil shukuhi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahri ham ayni paytda Yangi yil bayrami og‘ushida. Shahar markaziga o‘rnatilgan baland archa, yorug‘ girlyandalar, rang-barang bezaklar aholi hamda mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Ayniqsa, kechki shahar yanada jozibali tus olgan. Maydonlarda bolalar quvonchi, oilalar sayri, bayram qo‘shiqlari va shodlikka to‘la lahzalarga guvoh bo‘lasiz. Yangi yilning asosiy qahramonlari – Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi dasturlar barchaga zavqu shavq bag‘ishlamoqda.
[gallery-26964]
Andijonliklar Yangi yilni yangi orzu, umid va yangilanish kayfiyati bilan qarshi olmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA