English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Yangi Andijon” turar-joy massivi barpo etilmoqda
16:05 / 2021-06-16

Andijon viloyati mamlakatimizdagi hududi jihatidan eng kichik, aholisi esa eng zich yashaydigan viloyat hisoblanadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, Andijon viloyati respublika hududining 1 foizini, aholisi esa 10 foizini tashkil etadi. Shu bois ham viloyatda yerning har bir qarich maydonidan unumli va oqilona foydalanish talab etiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida ana shu jihatni hisobga olib, qolaversa, ekin maydonlarini kamaytirmaslik maqsadida viloyatning adir zonalarida ko‘p qavatli uylar qurish va shu orqali tobora o‘sib borayotgan aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash borasida qator vazifalar belgilab bergan edi.  

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, viloyatda Andijon shahri bilan tutash adir hududlarida ko‘p qavatli arzon uylar qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan. Dasturga ko‘ra, o‘tgan yili Xo‘jaobod tumani Ittifoq massividagi adir zonasida bir necha bosqichda ko‘p qavatli uylar qurilishi boshlangan. Mazkur hududda birinchi bosqichda 330 kvartirali 2-3 xonadan iborat 11 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. bugungi kunga kelib barpo etilgan uylarning aksariyati o‘z egalariga topshirildi.

Joriy yilda esa Andijon tumani adirliklarida 411 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi Andijon” turar joy massivini barpo etishga kirishildi.  

 

Mazkur massivning umumiy maydoni qariyb 4 ming gektarni tashkil etadi. Bu yerda birinchi bosqichda 3 ming 310 xonadonli 170 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha va poliklinika qurilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 1 ming 435 gektar maydonda turli qurilmalar, ya’ni uy-joy, savdo maskanlari, sanoat zonasi barpo etiladi. Shuningdek, 1 ming 942 gektar maydonda yashil, 240 gektar maydonda xizmat ko‘rsatish hududlari tashkil etiladi, 364 gektar maydon yo‘llar va boshqa infrastruktura ob’ektlaridan iborat bo‘ladi.  

bugungi kunda Yangi Andijon turar-joy massivi hududida Andijon avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan  yo‘llarni barpo etishga kirishildi. Zarur texnika vositalari jalb etilib, ishchi-xodimlar, mutaxassislar qizg‘in ish olib bormoqda.

 

Faxriddin UBAYDULLAEV,

Zuxriddin UMRZOQOV (surat), O‘zA