Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda yana bitta institut tashkil etiladi
15:13 / 2022-11-01

Andijon davlat chet tillari institutida Janubiy Koreyaning nufuzli Cheju Halla universiteti bilan hamkorlikda koreys tilini o‘rganish instituti tashkil etiladi.

Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Koreyaning Cheju Halla universiteti bilan hamkorlikda koreys tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan “King Sejong Institute” tashkil etilmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Rustamov hamda Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti prezidenti janob Sun Hun Kim, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Shin Vu Kyun, Xalqaro ta’lim bo‘limi boshlig‘i Hyon Ju Li va til markazlari bo‘limi boshlig‘i Xi Na Kim ishtirokidagi onlayn muloqotda Andijonda “King Sejong Institute”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.  

Yakunda Andijon davlat chet tillari instituti hamda Cheju Halla universiteti hamkorligida Andijonda “King Sejong Institute”ni tashkil etish bo‘yicha memorandum va hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, o‘zaro akademik almashinuv, ilmiy va innovatsion hamkorlik bo‘yicha aloqalarni yanada kuchaytirish hamda joriy yilda Andijon davlat chet tillari institutida koreys tili o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi institut tashkil etilishi belgilandi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Janubiy Koreyaning yirik shaharlaridan biri Cheju shahrida 1969 yilda tashkil etilgan Cheju Halla universiteti eng nufuzli xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda asosan tibbiyot, til o‘rgatish va boshqa qator yo‘nalishlarda ta’lim beriladi. Hozirda mazkur oliy ta’lim dargohida olti ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi.    

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (foto),  

O‘zA