Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda xotin-qizlar tadbirkorligi yanada rivojlanadi
10:50 / 2021-02-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Ayniqsa, opa-singillarimiz bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Jumladan, Davlatimiz rahbarining:  

“Ayollarning tadbirkorligi, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanayapti. O‘tgan yili 585 mingga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan, 36 mingdan ortiq ayollar kasb-hunarga o‘qitilgan.

   Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish maqsadida “ayollar daftari” joriy etildi. Ushbu daftarga, 9 ta mezon asosida 433 ming nafar xotin-qiz kiritilib, elektron baza shakllantirildi. bugungi kungacha ularning 80 mingining muammolari hal etilgan”, degan so‘zlaridan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni aniq-tiniq ko‘rish mumkin.  

Bu borada Markazimiz viloyat, tuman, shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda muayyan ishlarni olib bormoqda. Xususan,“Ayollar daftari”ga kiritilgan o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘layotgan xotin-qizlar uchun bir haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha 1 ming 200 nafar opa-singillarimiz ana shu kurslarda psixologik, iqtisodiy yo‘nalishlarda tahsil oldi. Ya’ni ularga tadbirkorlik tavakkalchiligi, biznes loyihasi tuzish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit mablag‘lari olish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish, mahsulotni sotish, kreditni qaytarish bilan bog‘liq masalalarda zarur bilim va tushunchalar berildi.  

Kurslarni tamomlagan xotin-qizlarga kredit olish uchun sertifikatlar taqdim etiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishida aytilgan vazifalardan kelib chiqib, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun astoydil harakat qilamiz.    

Muqaddasxon KARIMOVA,

Andijon viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari.