FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri o‘tkazildi. “Yangi Andijon” massivi Bobur shahrida tashkil etilgan gala-konsertda minglab xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida ayollar hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz fayzi ekanini ta’kidlab, ularga ezgu tilaklar bildirdi. Shuningdek, jamiyat hayotida ayollarning o‘rni tobora ortib borayotgani, davlat boshqaruvida ham ularning ishtiroki kengayayotgani qayd etildi.
[gallery-28046]
Bayram tadbirida el sevgan san’atkorlar ishtirokida jonli ijrolar va shou dasturlar namoyish etildi. Yuksak kayfiyatda o‘tgan bayramona konsert xotin-qizlarga bo‘lgan ehtirom va e’tiborning yana bir ifodasiga aylandi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA