English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda viloyati hokimi kubogi uchun qo‘l jangi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
17:40 / 2020-12-22

Andijon shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Andijon viloyati hokimi kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Qo‘l jangi federatsiyasi hamkorligida yoshlar (16-17 yosh) hamda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘n vazn toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 22 ta jamoa tarkibida 120 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

– Sportning qo‘l jangi turini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportchilaprni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi, – deydi viloyat viloyat Qo‘l jangi federatsiyasi rahbari Rustamjon Karimov. – Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan musobaqalarda eng munosiblar g‘oliblar qatoridan joy oldi.

[gallery-548]

Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida yoshlar o‘rtasida 1-o‘ringa Andijon shahar qo‘l jangi markazi jamoasi, ikkinchi o‘ringa Oltinko‘l, uchinchi o‘ringa Xo‘jaobod tumani jamoalari sazovor bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari o‘rtasida umumjaoa hisobida birinchi o‘rin viloyat IIB TVBSO boshqarmasi, ikkinchi o‘rin Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, uchinchi o‘rin Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimining esdalik nishoni, diplom, tegishli medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

   F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA