Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda uchta ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
19:58 / 2022-08-30

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi arafasida Andijon viloyatida yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari foydalanishga topshirilmoqda.

Oltinko‘l tumanida “Mubina Grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida ish boshlagan “Penye Tex” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ana shunday korxonalardan biridir. Umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida ishga tushirilgan mazkur korxonada yiliga 10 million AQSH dollariga teng qiymatdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi va eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Zamonaviy to‘quv, tikuv dastgohlari bilan jihozlangan korxonada 250 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Kelgusida ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga ishchilar sonini 500 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

[gallery-8587]

Asaka tumanidagi “Asakatekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ip-yigiruv, mato bo‘yash, trikotaj va sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilishi asakaliklar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. Hozirda 1 ming 200 nafardan ziyod kishi mehnat qilayotgan korxonada joriy yil oxiriga qadar mahsulotlar eksporti hajmini 36 million AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bayram arafasida Qo‘rg‘ontepa tumanida ishga tushirilgan “Khantex oil” yog‘-ekstraksiya zavodi ham yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Umumiy qiymati 25 million AQSH dollarga teng loyiha asosida qurib bitkazilgan mazkur korxonada paxta chigitini qayta ishlash orqali paxta yog‘i va boshqa ko‘plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Eng asosiysi, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga aholining bandligi ta’minlanadi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

Sektorlar rahbarlari, nuroniy oqsoqollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yuqoridagi korxonalar ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA.