Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda Tokio olimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilar rag‘batlantirildi
17:16 / 2021-01-02

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 2021 yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning murabbiylari bilan muloqot o‘tkazdi.

Viloyat hokimi sportchi va murabbiylarni yangi yil bilan muborakbod etib, mamlakatimizda, xususan, Andijonda sportga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli qator sportchilarimiz mamlakat hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotganini ta’kidladi.

[gallery-671]

Muloqotda viloyat hokimi olimpiada o‘yinlariga borish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva, yengil atletikachilar Temur Giyasov, Bobur Omonov, Bekjon Chevarov, suzuvchi Firdavs Musabekov, shuningdek, yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda yo‘llanmani qo‘lga kiritishi kutilayotgan Omadbek Hasanov, Asilbek Bekmurodov va ularning murabbiylarini pul mukofoti bilan taqdirladi.

Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va qo‘lga kiritishi kutilayotgan 17 nafar sportchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, olimpiada o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularga xomiy tashkilotlar biriktirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA