Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda test sinovlarining birinchi smenasi o‘z nihoyasiga yetdi
11:35 / 2021-08-05

Bugun mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

 Ushbu jarayon Andijonda ham yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.  

Andijondagi oliy o‘quv yurtlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun 55 ming 555 nafar abiturent hujjat topshirgan.  

– Test sinovlari Andijon shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, “Barkamol avlod” stadioni, Tennis korti maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda, – deydi Davlat test markazi Andijon viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Rustam Azimov. – Test sinovi bilan bog‘liq barcha jarayonlar belgilangan tartiblar asosida tashkil etilmoqda. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar to‘la dizenfeksiya qilindi. Sinovga kirishdan oldin abituriyentlarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalardan foydalanadi. So‘ng har biriga alohida tibbiy niqob hamda issiqdan saqlanish uchun bosh kiyimi berildi. Shundan keyin abiturent belgilangan guruhda test sinovini topshiradi. Ikkinchi smenada ham test topshirish jarayoni ana shu tartibda bo‘lib o‘tadi.  

Test sinovlarida abiturentlar nafaqat hayajon, balki o‘z bilimlariga qat’iy ishonch bilan ishtirok etmoqda.  

– Bu yil umumta’lim maktabini tamomlab, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa qator oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarimni topshirganman, – deydi Jalaquduq tumanidagi Yorqishloq shaharchasida yashovchi Ziyodullo Yo‘ldoshev. – Hozirgina test sinovini topshirib chiqdim. Bu yerda barcha tashkiliy ishlar yuqori saviyada tayyorlanibdi. Biror bir qiyinchilik bo‘lgani yo‘q. Nasib etsa, topshirgan test natijalarim ijobiy bo‘lib, talabalar qatoridan joy olaman. Umuman, barcha abiturentlarga omad tilayman.  

Test sinovining har smenasida 3 ming 330 nafar, bir kunda esa 6 ming 660 nafar abiturent test sinovidan o‘tishi, umuman, test sinovlari viloyatda 5 – 13 avgust kunlari davomida o‘tkazilishi belgilangan.  

Jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun test sinovi o‘tkazilayotgan hududlar kamera kuzatuvi bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, ota-onalar, umuman, keng jamoatchilik uchun test sinovi jarayonini onlayn kuzatib borish imkoni yaratilgan.  

Test jarayonida abiturent asosiy va mutaxassislik yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha taqdim etiladigan 70 savolga 3 soat davomida javob berishi lozim.  

Birinchi smena test sinovi ertalab soat 7.00 da, ikkinchi smena esa kech soat 19 00 da boshlanishi belgilangan.  

Sinovga kelgan, lekin tana xarorati baland bo‘lgan abiturent test sinoviga qo‘yilmaydi. Ular shifokorlar ruxsat berganidan keyin belgilangan boshqa bir kunda test sinovidan o‘tadi.

[gallery-3297]

 F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA