Andijonda test sinovlari uchun 4200 oʻrinli maydon tayyorlanmoqda
Ayni paytda bu yerda 4200 oʻrinli maydon tayyorlanmoqda.
Yurtimizda davom etayotgan pandemiya davrida har bir sohaga kerakli tartibda vaqtinchalik oʻzgarishlar kiritilayotgani barchamizga maʼlum.
Jumladan OTMlarga kirish imtihonlarini karantin talablariga amal qilgan holda shaffof oʻtkazish boʻyicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan alohida topshiriq va koʻrsatmalar berilgan edi.
Ushbu chora-tadbirlar asosida Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov Andijon shahrida joylashgan “Barkamol avlod sport majmuasi”da OTMga kirish sinovlari oʻtkazilish uchun tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Ayni paytda bu yerda 4200 oʻrinli maydon tayyorlanmoqda. Test sinovlari olish uchun tayyorlanayotgan ushbu maydonda imtihonlar 11 kun ichida yakunlanishi koʻzda tutilgan.