English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Salomatlik sayli” tadbirlari boshlandi
09:48 / 2023-04-07

Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida, shuningdek, Andijon viloyatining barcha tuman hamda shaharlari markazlarida “Salomatlik sayli” tadbirlari boshlandi.

Viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan salomatlik sayllarida respublika va viloyatdagi tibbiyot markazlari, davolash muassasalarining malakali shifokorlari, professorlar tomonidan saylga tashrif buyurgan fuqarolar bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi. UZI, EKG, laborator tahlillar, turli diagnostik tekshiruvlar, davolash-profilaktika, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar, muloqotlar bo‘lib o‘tadi.

Sayllar doirasida ijtimoiy aptekalar va farmatsevtik kompaniyalar dori-darmonlarining ko‘rgazmalari hamda arzonlashtirilgan narxlarda sotuvlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, turli madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.  

F. Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat), O‘zA