FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan “Salomatlik marafoni” umummilliy harakati doirasida shahar va tumanlarda tibbiy tekshiruvlar, targ‘ibot tadbirlari va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Marafon jarayonida onalar va bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar salomatligiga alohida e’tibor qaratildi. Poliklinikalar, ta’lim muassasalari va mahallalarda aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Shifokorlar tomonidan kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha maslahatlar berildi.
[gallery-26976]
Tadbirlar doirasida volontyor yoshlar ham faol ishtirok etib, aholi o‘rtasida sog‘lom hayot targ‘ib qildi. Ko‘chma tibbiy xizmatlar orqali fuqarolarning kundalik salomatlik ko‘rsatkichlari tekshirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
“Salomatlik marafoni” aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, salomatlikka befarq bo‘lmaslik ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi tashabbuslar kelgusida ham viloyat bo‘ylab keng qamrovda davom ettirilishi rejalashtirilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA