Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot maslahat markazi ochildi
13:03 / 2020-11-10

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Axborot-maslahat markazi” (EXTENSION CENTER) o‘z faoliyatini boshladi.

Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari, institut professor o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida Markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohada faoliyat yurituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ilm-fanga asoslangan ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.  

– Markazning tashkil etilishi viloyatda qishloq xo‘jaligi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi tadbir ishtirokchisi, KOPIA (Korea Programon International Agriculture) markazining O‘zbekistondagi rahbari Choy Son Xo. – Markaz soha vakillarining o‘zaro axborot almashishlari, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar olishi uchun keng imkoniyat yaratadi.  

Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Axborot-maslahat markazi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Markazda sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Endilikda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchilar mazkur axborot-maslahat markazi xizmatidan foydalanish, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Andijonlik va koreyalik mutaxassislar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ushbu istiqbolli hamkorlik nafaqat soha rivojini ta’minlashga, balki ta’lim sifatini oshirish hamda institut reytingini ko‘tarishga xizmat qiladi.  

Shuningdek, tadbirda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda KOPIA markazi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar xususida ham so‘z yuritildi.  

Tadbir ishtirokchilari va xorijlik mehmonlar Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati “GIZ” bilan hamkorlikda viloyatdagi qator xo‘jaliklarda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Avstriya davlatidan keltirilgan zotdor qoramollar parvarishi bilan tanishdi.  

Xorijlik mutaxassislar loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, chorva hayvonlarining parvarishi bo‘yicha o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berdi.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA