Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi
15:44 / 2023-01-16

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til belgilangan 11 yanvarda tugab, dars mashg‘ulotlari boshlangan biroq, ob-havoning o‘ta sovib ketganligi, ta’lim muassasalari, ayniqsa, umumta’lim maktablari yetarli darajada isitilmaganligi, davomatning o‘ta pastligi, qolaversa, ota-onalarning takliflaridan kelib chiqib, viloyat hokimligi tomonidan qishki ta’til 16 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani tufayli mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda viloyatdagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023 yil 18 yanvarga qadar uzaytirilganligi ma’lum qilindi. Ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanishi belgilandi.  

F. UBAYDULLAEV,  

O‘zA