Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda qaysi maskanlar Z.M.Bobur nomi bilan atalishini bilasizmi?
11:43 / 2022-02-14

Bugun xalqimiz o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini keng nishonlamoqda.

Z.M.Bobur podshoh sifatida amalga oshirgan ishlari, shoir va olim sifatida yaratgan badiiy va ilmiy asarlari bilan jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk shaxslardan biri hisoblanadi. Shu bois ham buyuk ajdodimiz nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda  mashhurdir. Yurtimizda, xususan, u tug‘ilib o‘sgan Andijonda ko‘plab maskanlarga uning nomi berilgan. Ya’ni, bugungi kunda  Andijonda quyidagi maskan, muassasa, ko‘cha va maydonlar ulug‘ shoir nomi bilan ataladi:

Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti,  Z.M.Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, Andijon shahridagi Bobur maydoni, Z.M.Bobur nomidagi viloyat musiqali drama teatri, Z.M.Bobur nomidagi «Andijon» aeroporti, Andijon shahrida Bobur shoh ko‘chasi, Bog‘i Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi. Bundan tashqari, viloyatdagi o‘nlab mahallalar, umumta’lim maktablariga ham shoh va shoir Z.M.Bobur nomi berilgan.

F. UBAYDULLAEV, O‘zA