Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda Prezident maktabi qurilmoqda
15:44 / 2021-07-05

Andijon shahri markazida 168 o‘rinli Prezident maktabi qad rostlamoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 20 fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini qurish belgilangan.  

Shu kunlarda Andijon shahrining markaziy ko‘chasi – Navoiy shohko‘chasida qariyb 2 gektar maydonda Prezident maktabi qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish ishlari “Shahrixon ixtisoslashgan qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

– Qurilish ishlari belgilangan loyiha, me’yorlar asosida olib borilmoqda, – deydi “Shahrixon ixtisoslashgan qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Umriddin Mirzaaliyev. – Kompleksdagi asosiy binolar ko‘tarildi, mutaxassis va quruvchilarimiz tinimsiz ish olib bormoqda. Nasib etsa, ob’ekt o‘z vaqtida, ya’ni joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshiriladi.  

Prezident maktabi kompleksida ikki qavatli 2 ta o‘quv blogi, kutubxona, uch qavatli yotoqxona, mehmonxona, oshxona, shuningdek, sport va gimnastika zallari, basseyn, avtomobillar uchun turarjoy barpo etiladi.  

Maktab hududida o‘ziga xos landshaft yaratiladi, manzarali daraxt ko‘chatlari, gullar ekiladi. Joriy yilda Andijondagi Prezident maktabining 5-10 sinflari uchun 144 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA