French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda pilla qabul qilish boshlandi
15:19 / 2023-05-18

Andijon viloyatida ham pilla hosilini qabul qilish ishlari boshlandi. Viloyatda 1 550 kilogramm ho‘l pilla hosili taroziga qo‘yildi. Jumladan, Asaka tumanida bahorgi mavsumda yetishtirilgan ilk pilla hosilini qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Asaka silk worm” MCHJ korxonasida joylashgan pillani qabul qilish punktida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi a’zolari, viloyat qishloq xo‘jaligi kotibiyati mudiri U.Rahimov ishtirok etdi.  

Shuningdek, Izboskan tumanidagi pilla qabul qilish punktida ham hosilni qabul qilish ishlari boshlab yuborildi. Tadbirda Izboskan tumani hokimi S.Ismoilov ishtirok etib, pillakorlarni qutladi.  

Shundan so‘ng kasanachilar xirmoni taroziga tortildi. Ularning mehnat haqlari joyida berildi va eng faol pillakorlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.  

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Andijon viloyatida joriy bahorgi pilla yetishtirish mavsumida 57 ming 387 quti ipak qurti boqilib, shundan 3 ming 328 tonna ho‘l pilla hosili olish reja qilingan.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA