Andijonda o‘tgan “Yangi nafas” musobaqasida qardosh xalq vakillari ham ishtirok etdi
Fotoreportaj
Erta tongdan Andijon shahrida O‘zbekiston markaziy ko‘chasi bo‘ylab tashkil etilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida 7 yoshdan 70 yoshgacha bulgan 5 mingdan ziyod hamyurtlarimiz ishtirok etdi.
E’tiborlisi, 3 km masofaga yugurish bahsida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan ko‘ngillilar ham o‘z kuch va shijoatini sinovdan o‘tkazdi.
Yuksak uyushqoqlik va ko‘tarinkilikda o‘tgan tadbir yakunida Andijon viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
[gallery-14680]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA