Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda ota farzandiga aliment o‘rniga mashina berdi
10:21 / 2026-02-14

Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati ijrosi ta’minlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 11.09.2020-yildagi sud buyrug‘iga asosan fuqaro A.O.dan undiruvchi Yu.N. foydasiga 
2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Biroq belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani sababli qarzdorlik yuzaga kelgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklar aniqlanib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada qarzdor tomonidan mavjud qarzdorlikni qoplash maqsadida undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan holda undiruvchiga “Damas” rusumli avtomashinasi topshirildi.

Mazkur avtomashina o‘zaro kelishuv va qonunchilik talablari asosida baholanib, aliment qarzdorligini qoplash hisobiga rasmiylashtirildi.

Shu tariqa, voyaga yetmagan farzandlarning manfaatlari himoya qilinib, sud qarorining ijrosi ta’minlandi.

Hamroz Bayanov, O‘zA