Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda o‘n ming bosh naslli chorva mollari yetishtirildi
13:47 / 2024-10-13

Viloyatda 2021 yilda qoramollar 1,1 mln boshni, qo‘y-echkilar 1,5 mln boshni va parrandalar 9,4 mln boshni tashkil etgan bo‘lsa, mavjud imtiyoz va preferensiyalar hisobiga joriy yil boshida qoramollar bosh soni 1,2 mln, qo‘y-echkilar 1,6 mln boshni, parrandalar 11 mln boshni tashkil etdi.

Yil boshida tasdiqlangan dasturlar doirasida chorvachilik tarmoqlarida umumiy qiymati 641,5 mlrd so‘mlik 113 ta loyiha ishga tushirildi.

Natijada chet davlatlardan 45 ming bosh qoramol, 30 mingdan ortiq qo‘y-echki olib kelinib, chorvachilik va uning tarmoqlarida 150 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

E’tiborlisi, 140 ta naslchilik xo‘jaligi tomonidan shu kunga qadar 9 ming boshdan ortiq naslli chorva mollari yetishtirildi va talabgor xo‘jaliklarga yetkazib berildi.

Barcha toifa xo‘jaliklardagi 300 ming boshga yaqin sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirilib, 28 ming bosh nasli yaxshilangan buzoq olindi.

Ozuqa uchun ajratilgan maydonlardan yiliga uch marta hosil olish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat miqyosida naslchilik tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish va ozuqa yetishtirishda zamonaviy usullarni qo‘llash hisobiga so‘yishga tayyorlangan bir bosh qoramolning tirik vazni 390 kg, qo‘y-echkilarning o‘rtacha tirik vazni 65 kg. ga yetkazildi.

Joriy yilning to‘qqiz oyida 241,2 ming tonna go‘sht va 39 ming tonna parranda go‘shti ishlab chiqarildi.

Chorvachilik tarmoqlaridagi samarali amaliyot tufayli yil oxiriga qadar viloyat miqyosida go‘sht mahsulotlarining iste’moldagi yillik minimal to‘liq qoplanishi kutilmoqda.

Ikrom Avvalboyev,

O‘zA muxbiri