Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda Oʻzbekistonning yangi chempionlari aniqlandi
15:51 / 2019-01-17

Andijonda yengil atletika boʻyicha 2002-2003 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.


Andijonda yengil atletika boʻyicha 2002-2003 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan chempionatda 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Chempionatning turli masofalarga yugurish bahslarida Azamat Taurov, Dilshod Boboqulov, Koʻpaysin Xudoyorov, Mirsaid Qahhorov, Raisa Drobjeva, Odinaxon Husanova, Sabohat Salimjonova, Husnida Ahmedova marra chizigʻini birinchilardan boʻlib bosib oʻtdi.

60 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurishda Javohir Zokirxoʻjayev va Mohigul Arziyeva marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Vadim Chikalov, Umid Abduraimov, Zebo Jumabekova hamda Nigina Isayeva shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Yadro uloqtirishda Farhod Ochilov va Mahliyo Tojialiyeva oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtgan oltikurash bahslarida Edgar Burxonov, qizlar oʻrtasidagi beshkurash bahslarida Shahribonu Gʻofurjonova mamlakat chempioniga aylandi.