Andijonda narkosavdogarlar qo‘lga olindi
IIV, DXX va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘iz Respublikasidan Andijon viloyati orqali katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tishni rejalashtirgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hududida joylashgan dala maydoniga yashirib ketilgan 1 kg. 16 gr gashish giyohvandlik vositasini olgani kelgan vaqtida 1987 va 1984-yillarda tug‘ilgan jinoiy sheriklar ushlandi. Shuningdek, ularni ushbu manzilga olib kelgan avtomashinada bo‘lgan yana 2 nafar shaxs ham qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan tadbir natijasida 2032 ta bir marotabalik dozaga teng bo‘lgan giyohvandlik vositasi iste’molining oldi olindi.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zA