Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Nafosat – 2020” zamonaviy liboslar festivali bo‘lib o‘tdi
14:21 / 2020-12-24

Andijon shahridagi Yoshlar markazida “Nafosat – 2020” viloyat festivali doirasida dizayner-tikuvchi, stilist va imijmeykerlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Festivalda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xususan, hunarmandchilik, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ishbilarmon xotin-qizlar, ayniqsa, dizaynerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. 

Viloyat hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda viloyatda samarali ish yuritayotgan, faoliyatida muayyan yutuqlarga erishgan 13 nafar dizayner-tikuvchi, stilist va imijmeykerlar o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etdi. 

– Xotin-qizlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida milliy va zamonaviy ko‘rinishdagi, xalqimizning azaliy an’analariga mos kiyimlarni keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tanlovda dizaynerlarimiz faol va katta qiziqish bilan ishtirok etdi, – deydi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shaxlo Soliyeva.

 – Qolaversa, tanlov opa-singillarimizning kiyinish uslubiga yangicha ko‘rinish va tamoyillarni joriy etishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etdi. 

[gallery-569]

Ishtirokchilar dizaynerlik faoliyati, milliy ko‘rinishdagi liboslar tayyorlashga zamonaviy yondashish bo‘yicha liboslari ezkizlari, sohani rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va takliflari, shuningdek, “Ishbilarmon va yetakchi ayol”, “Talaba qiz”, “Ijodkor ayol” timsollari hamda “O‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash san’ati” nominatsiyalari hamda erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘zlarining iste’dod va mahoratlarini namoyish etdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Andijon shahar vakilasi, stilist-imidjmeyker Mavjudaxon Qurbonova g‘olib deb topildi. Andijon tumani vakilasi, dizayner Nozimabonu Abduolimovaga ikkinchi, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan dizayner Mohlaroy Salohiddinovaga esa uchinchi o‘rin nasib etdi. 

– Ushbu tanlov men kabi yosh dizaynerlarga rag‘bat beradi, – deydi tanlov g‘oliblaridan biri Nozimabonu Abduolimova. – Eng avvalo, tanlov mohir dizayner-tikuvchi va stilistlarning ilg‘or tajriba, ish uslublari bilan tanishish imkonini berdi. Bu kelgusidagi faoliyatimizning yanada samarali olib borishga yordam beradi.
Shuningdek, tanlovda “Ishbilarmon va yetakchi ayol”, “Talaba qiz”, “Ijodkor ayol”, “O‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash san’ati” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. 

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari viloyat hokimining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan qiziqarli va rang-barang liboslar kolleksiyalari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi badiiy jamoalar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi. 

 

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA