Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda murakkab yurak jarrohligi operatsiyasi o‘tkazildi
11:41 / 2021-01-23

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak jarrohligi bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori Ulug‘bek Ahmedov rahbarligidagi shifokorlar guruhi hamda andijonlik shifokorlar yurakning murakkab operatsiyasini o‘tkazdi.

Yurakning chap qorinchasi anevrizmasini olish va tromboektomiyasi, yurak qorinchalararo arteriyasi endoarterioektomiyasi, to‘rt yurak arteriyasini shuntlash operatsiyasi o‘tkazilgan bemorga "Yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi III daraja, infarktdan keyingi kardioskleroz, funksional sinf III, surunkali yurak yetishmovchiligi II b, fraksion ajralish 40 foizdan pastlashi" tashxisi qo‘yilgan edi.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, bemor avval reanimatsiyada bo‘ldi, keyin salomatlik holatiga ko‘ra, umumiy palataga o‘tkazildi.  

Bu haqda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Poytaxtlik mutaxassislar yordamida umumiy holatda yana shunday 4 ta operatsiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zA