Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda motokross bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” o‘tkazildi
18:34 / 2020-11-27

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi adirliklar bag‘rida joylashgan mototrassada motokross bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashlari hamda viloyatdagi o‘quv texnika maktablari sportchilari qatnashdi.

[gallery-194]

Musobaqada 7 ta sinf vakillari bahslashdi. Dvigatel sig‘imi 65, 85, 125, 350, 500 va 750 sm kub bo‘lgan mototsikllarda 9 va undan yuqori yoshdagi sportchilar bellashdi.

Tadbirning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rin hamda viloyat hokimi kubogi xo‘jaobodlik sportchilarga nasib etdi. Qo‘rg‘ontepa tumanilik sportchilar ikkinchi, Jalaquduq tumani motopoygachilari uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA