Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda
20:16 / 2024-02-09

Andijon shahridagi olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Andijon viloyati hokimligi hamkorligida 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida Qoraqolpog‘iston Respublikasi hamda respublikamizning barcha viloyatlari jamoalari tarkibida 970 nafar kurashchi ishtirok etmoqda. 

Chempionat ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda sportni, xususan, kurashni rivojlantirish, ommaviyligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

[gallery-15894]

– Chempionat o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan, – deydi Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov. – Musobaqa ishtirokchilari o‘ndan ortiq vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib boradi. 

Musobaqaning ochilish marosimida ko‘rgazmali chiqishlar, badiiy dastur namoyish etildi. 

Mazkur chempionat joriy yil 3-5 iyul kunlari Rossiyaning Yakutiya o‘lkasida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo bolalari” o‘yinlariga saralash vazifasini ham o‘tab, g‘oliblar ana shu xalqaro turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari