English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Ko‘ngilli yoshlar” guruhi tuzildi
16:07 / 2021-02-09

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Ko‘ngilli yoshlar” guruhi tuzildi.

Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tuzilgan “Ko‘ngilli yoshlar” guruhi a’zosi bo‘lgan talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida aholiga turli tavsiya va maslahatlardan iborat adabiyotlar jamlamalarini tarqatish bilan shug‘ullanadi.

– Xonadonlardagi tomorqalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, sabzavot ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan shuningdek, quyonchilik, asalarichilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishda zarur bo‘ladigan tavsiya va yo‘riqnomalardan iborat jamlanmalar guruhimiz a’zolari tomonidan bevosita mahallalarga borib aholiga tarqatiladi, – deydi Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Orifjon Abdullayev.

[gallery-1086]

 – Maqsadimiz, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali olib borishda yurtdoshlarimizga ko‘maklashishdan iborat.

Professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalar ilmiy asoslanganligi ayniqsa, oddiy aholi vakillari uchun tushunarliligi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘zlari ham aholi bilan bevosita suhbatlarda tavsiyalarni qo‘llash yuzasidan zarur maslahatlar bermoqda.

“Ko‘ngilli yoshlar” guruhi a’zolari shu kunlarda Andijon tumanidagi «Oyjamol», «Daryo bo‘yi» mahallalari aholisiga qo‘llanmalar tarqatmoqda. Guruh a’zolari safini kengaytirish hisobiga ushbu xayrli ish ko‘lamini kengaytirib borish ko‘zda tutilgan.

 

F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA