Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda katta tennis bayrami
12:05 / 2015-06-02

Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan nufuzli turnir boshlandi. Unda o‘ndan ziyod davlatdan kelgan yuz nafarga yaqin tennischi bosh sovrin uchun bahslashmoqda.

Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan nufuzli turnir boshlandi. Unda o‘ndan ziyod davlatdan kelgan yuz nafarga yaqin tennischi bosh sovrin uchun bahslashmoqda.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Sanjar Fayziyev, Shonig‘matjon Shofayziyev, Temur Ismoilov, Sannatullo Qutiboyev, Jahongir Jalolov, Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Vlada Yekshibarova, Arina Fols, Albina Xabibulina kabi mahoratli tennischilarimiz himoya qilmoqda.

Yakkalik bahslarining birinchi davrasida ikki hamyurtimiz – Jahongir Jalolov va Abror Isoqov bahslashdi. Unda Jahongir 6:1, 2:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shonig‘matjon Shofayziyev yosh tennischimiz Ahad Ermatovni 6:1, 7:6 hisobida yengdi. Sanjar Fayziyev qozog‘istonlik Timur Xabibulinga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, tennischilarimizdan Grigoriy Reytman, Temur Ismoilov, Pavel Soy ham birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslari birinchi davrasida Nigina Abduraimova va yaponiyalik Hiroko Kuvata hamyurtlarimiz Arina Fols va Go‘zal Yusupovani 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Albina Xabibulina va Polina Merenkova juftligi Shahnoza Xamatova va rossiyalik Varvara Kuksinani 7:6, 6:0 hisobida, Sabina Sharipova hamda rossiyalik Anna Morgina qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva va ukrainalik Valeriya Straxovani 6:2, 6:1 hisobida yengdi.