Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Kasbiy malakalar markazi” tashkil etiladi
18:44 / 2019-04-28

Bu markaz kim tomonidan, nima uchun va qay tartibda tashkil etiladi?


Bu markaz kim tomonidan, nima uchun va qay tartibda tashkil etiladi?

Andijon mashinasozlik instituti rektori U.Salomov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻldi. Tianjin shahrida joylashgan “Tianjin kadrlar tayyorlash maktabi”da boʻlib, ushbu maktabning samarali faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiyaga Tianjin kadrlar tayyorlash maktabi direktori Zeng Li va “Xuavia texnologiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati prezidenti Gai Xoibo hamrohlik qildi. Ular oʻrtasida Andijon mashinasozlik instituti qoshida muhandis kadrlar tayyorlash markazini ochish uchun uch tomonlama shartnoma tuzish boʻyicha muzokaralar olib borildi va yakunda shartnoma imzolashga erishildi.

Kelgusida Andijon mashinasozlik institutida “Tianjin kadrlarni kasbga tayyorlash maktabi” va “Xuavia texnologiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamkorligida “Kasbiy malakalar markazi” tashkil etiladigan boʻldi.

Ushbu markazda yoshlar kasbga yoʻnaltiriladi, ularning bandligiga koʻmaklashiladi. Shuningdek markaz mavjud soha mutaxassislarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

photo_2019-04-28_18-44-26.jpg

photo_2019-04-28_18-44-27.jpg