Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda karate bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda
15:08 / 2025-04-26

Andijon shahridagi universal sport majmuasida karate va parakarate (WKF) bo‘yicha “Uzbekistan open” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi hamkorligida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Musobaqalarda 14-15, 16-17 va 18 dan katta yoshdagi ishtirokchilar turli yosh toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.  

[gallery-23039]

– Turnir yuqori saviyada, xalqaro talablar asosida o‘tmoqda, – deydi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Hasanov. – Kecha kattalar o‘rtasidagi musobaqalar o‘tkazildi. Bugun esa yoshlar o‘rtasida, shuningdek, kattalar o‘rtasidagi musobaqaning final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.  

Musobaqalarni O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi shef-referisi Azizbek Bo‘riyev boshchiligidagi yurtimiz hamda qo‘shni respublikalardan kelgan xalqaro toifadagi hakamlar boshqarib bormoqda.  

Karate va parakarate (WKF) bo‘yicha “Uzbekistan open” xalqaro turniri 28 aprelga qadar davom etadi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari