Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda joriy yilning 9 oyida eksport hajmi 0,5 foizga o‘sdi
17:21 / 2023-11-17

Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatdagi 389 ta eksportyor korxona tomonidan umumiy qiymati 869,7 million AQSH dollariga teng mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Eksport xajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga o‘sdi.

Ana shu davr davomida eksport qilingan mahsulot va xizmatlarning 780,8 million AQSH dollariga teng miqdori yoki 89,8 foizi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.  

Umuman, viloyatining yanvar-sentyabr oylarida MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 895,0 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, yuqorida qayd etilganidek, shundan 780,8 million dollari eksportdir.  

Viloyat tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ulushi Qozog‘iston Respublikasi (45,1 foiz), Rossiya Federatsiyasi (26,2 foiz) hamda Qirg‘iz Respublikasi (20,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.  

F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri