Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda joriy yilgi bitiruvchilarning qariyb 70 foizi ish bilan ta’minlandi
12:06 / 2016-08-31

Andijonda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlarining an’anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.

Andijonda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlarining an’anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim jarayoniga interfaol usullarni, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimining shakllantirilgani alohida ahamiyat kasb etayotir.

– Bugungi kunda boshqarma tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan 12 akademik litsey va 117 kasb-hunar kollejida 133 mingdan ziyod o‘quvchi 100 mutaxassislik bo‘yicha tahsil olmoqda, – deydi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Ma’mirov. – Ayni paytda ularda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog va mutaxassislarning kasb tayyorgarligi, bilim va malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ta’lim muassasalaridagi 129 axborot-resurs markazi zarur o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlangan va ZiyoNET internet tarmog‘iga ulangan. Bir qator ta’lim muassasalarining veb-saytlari yaratilgan.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘quv amaliyotini o‘tashi va bandligini ta’minlash doimiy e’tiborda. Hozirga qadar bu yilgi bitiruvchilarning 68 foizi ish bilan ta’minlandi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga tijorat banklari tomonidan 18 milliard 724 million so‘mlik kredit ajratildi.

O‘tgan o‘quv yilida o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan 500 dan ziyod o‘quv va uslubiy qo‘llanma yaratildi. O‘quvchilarning umumta’lim va kasb fanlarini o‘zlashtirish darajasi o‘sdi. Turli fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan o‘quvchilar safi ortmoqda.

Tadbirda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, “ustoz-shogird” maktabi faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or pedagoglar tajribasini ommalashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.