Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda innovatsion yoʻl belgilari tashkil etildi
13:55 / 2019-09-15

Transport vositalari serqatnov qatnaydigan yoʻlda yurgan har bir fuqaro ikki karra sergak boʻlishi lozim.


Transport vositalari serqatnov qatnaydigan yoʻlda yurgan har bir fuqaro ikki karra sergak boʻlishi lozim. Ammo yoʻl-yoʻlakay quloqchinda musiqa tinglab ketayotgan yoshlar, ayniqsa oʻquvchilar diqqatini yoʻlga qaratmaydi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon shahridagi transport koʻp qatnaydigan oʻtish yoʻllariga eslatmalar oʻrnatildi.

Shahardagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari hamda Yoʻl harakati xavfsizligi masʼul xodimlari ishtirokida bolalar oʻtish yoʻllariga bir nechta eslatmalar yozib chiqildi.

-Oʻquvchilarni yoʻl-transport hodisalaridan asrash maqsadida yangi tashabbusni boshladik. – deydi, Andijon viloyati “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Shohrux Sultonov. - Bu ogohlantiruvchi belgilar oʻquvchilarni yoʻlni kesib oʻtishdan avval ogohlantiradi va eʼtiborini faqat yoʻlga qaratishga chorlaydi.

Shuningdek tadbir davomida oʻquvchilarga yoʻl belgilari ham yana bir bora tushuntirildi.