Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda innovatsion rivojlanish boshqarmasiga boshliq tayinlandi
16:42 / 2022-09-14

Madazimov Muzaffar Tohirjon o‘g‘li Andijon viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Muzaffar Madazimov 1989 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. 2012 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutining bakalavr yo‘nalishini, 2015 yilda Andijon mashinasozlik instituti magistraturasini, 2017 yilda Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining tayanch doktoranturasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasida bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zA