Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari topshirildi
10:41 / 2025-05-16

Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomli viloyat musiqali drama teatrida viloyatda eng ibratli va namunali deb topilgan oilalarning bir guruh vakillariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. U qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat shu qadar farovon va barqaror bo‘ladi. Jamiyat, oila va shaxs bir-birisiz mukammal, baxtiyor bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat. Ayniqsa, oilaning farzand tarbiyasi, oilaviy va milliy qadriyatlar, an’analarni rivojlantirish va bardavomligini ta’minlashdagi o‘rni va roli nihoyatda katta. 

Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnoraxon Ahmedova va boshqalar tomonidan oilaning muqaddasligi, mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, ibratli oilalar hamisha jamiyatimizning faxru iftixori ekanligi ta’kidlandi. Barchaga namuna va ibrat bo‘layotgan oilalarga minnatdorchilik bildirildi.

Bugungi kunda Andijon viloyatidagi 1 milliondan ortiq oilalar orasida mahalla, keng jamoatchilikka ibrat, namuna bo‘lib yashayotgan oilalar juda ko‘p. Xalqaro oila kuni munosabati bilan ana shunday oilalarning 130 dan ortig‘i “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirda ularning bir guruhiga nishonlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida namoyish etilgan badiiy dastur barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari