Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda gaz va elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat qanday?
12:33 / 2020-12-14

Xalq deputatlari Andijon shahar sessiyasida aholini gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, shaharda jami 9,3 kilometr uzunlikdagi gaz tarmog‘i joriy ta’mirlandi. 82 ta gaz taqsimlash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, nosozlik aniqlangan 15 tasi sozlandi. Aholi xonadonlariga 1 ming 600 ta zamonaviy hisoblagich o‘rnatildi.

Bundan tashqari, 2 ta yirik turdagi gaz taqsimlash punkti mukammal, 119 ta kichik turdagi gaz taqsimlash punkti joriy ta’mirlandi. 48 kilometr uzunlikdagi yer osti tabiiy gaz tarmoqlarining holati texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Andijon shahar “Elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan 39 dona transformator texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, 11 tasi ta’mirlandi, 444 ta beton tayanch ustun, 5 ta yangi transformator o‘rnatildi, 12,82 kilometr yangi tarmoq tortildi.

Bundan tashqari, 42,5 million so‘m mablag‘ hisobiga 85,5 kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli tarmoq, 64 ta transformator joriy, 126 tasi mukammal ta’mirlandi.

Andijon shahrida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 milliard so‘mga 15,3 kilometr uzunlikda ichimlik suvi hamda 180 million so‘mga 1,2 kilometr uzunlikda oqava suv tarmog‘i tortilib,  foydalanishga topshirildi.

Shahar axolisini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida Bog‘ishamol dahasidagi Yangi hayot,  Bog‘ishamol va Shifokor mahallasi hududida 1 milliard 600 million so‘mga 3 dona suv tortish nasos stansiyasi qurilib, 2 ming 200 ta xonadondagi ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.  

Shahar xududida ichimlik suvini yo‘qotish darajasini pasaytirish maqsadida 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi suv tarmoqlarida mavjud 31 ta nosozlik bartaraf qilindi.  

Axolining ichimlik va oqava suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida shahardagi 10 mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jami 4 milliard 80 million so‘m evaziga 33,5 kilometr yangi ichimlik suvi va oqava suvi tarmoqlari tortildi.

 

Nurillo NASRIEV, O‘zA