Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda fan olimpiadalari g‘oliblari munosib taqdirlandi
12:02 / 2022-03-07

Joriy yil fevral oyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida respublika fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Fanlar olimpiadasi viloyat bosqichida uning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9-11 sinflarning 1 ming 340 nafar iqtidorli o‘quvchisi 8 ta fan kesimida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 72 nafar o‘quvchi g‘olib deb topilgan. 

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida fanlar olimpiadalari viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda yosh avlodni bilimli, barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganligi, yoshlarning bilim, mahorat va iste’dodlarini yuzaga chiqishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, bunda fanlar olimpiadalarining o‘rni va roli muhim ekanligi ta’kidlandi. 

Fanlar olimpiadalari viloyat bosqichi g‘oliblariga tegishli diplom va pul mukofoti olishlari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

[gallery-6031]

F.  UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA