Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “ Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
18:52 / 2021-08-26

Andijon shahridagi viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga bag‘ishlanib, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ijod ahlining qo‘shayotgan beqiyos hissasi, yurtimizda ijodkorlarning samarali ijod qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta’kidlandi.

Tanlovda 19 nafar shoir va yozuvchining 25 ta kitobi va boshqa ijodiy ishlari, 25 ta bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining 250 ga yaqin maqola, ko‘rsatuv va boshqa ijodiy materiallari, internet-jurnalistikasi vakillarining 50 dan ortiq, shuningdek, 20 ga yaqin musavvir, xalq amaliy san’ati vakillari, fotograf va dizaynerlarning 80 dan ortiq ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi.

[gallery-3607]

- Tanlov ko‘rgazmalarida namoyish etilgan ijodiy ishlarning o‘ziga xosligi, mazmunan boyligini, rang-barangligini alohida e’tirof etish joiz, - deydi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisining o‘rinbosari Xolmurod Salimov. – Ana shu asarlarda istiqlol g‘oyalari, xalqimiz ma’naviyati, ong va tafakkuridagi o‘zgarishlar o‘ziga xos talqin etilganligi yanada ahamiyatlidir.

Tanlov ishtirokchilari istiqlol xalqimiz uchun ulug‘ ne’mat ekanligini, mustaqillik yillarida yurtimizda, xususan, Andijonda qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarning mazmun-mohiyatini, bunyodkorlik ishlarini, boy tariximiz, xalqimizning urf-odatlari, milliy qadriyatlarini badiiy asarlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining jurnalistik ijod namunalari, fotografiya, dizaynerlik ishlari hamda tasviriy san’at asarlari orqali ko‘rsatib berdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Durbek Qo‘ldoshev, teleradio yo‘nalishi bo‘yicha Andijon viloyati teleradiokompaniyasi xodimi Bobur Hakimjonov, bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, jurnalistlarning ijodiy ishlari yo‘nalishi bo‘yicha Jalaquduq tumani “Jalaquduq hayoti” gazetasi tahririyati, internet jurnalistikasi bo‘yicha Ishonch.uz sayti muxbiri Nurillo No‘’monov, tasviriy san’at, foto va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, musavvir Murodjon Jumashev taqdim etgan asar va ijodiy ishlari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

- Tanlovda mamlakatimiz mustaqilligini, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, millatlararo do‘stlik mavzusi keng yoritilgan ijodiy ishlarimiz, shuningdek, qirg‘iz tilida chop etilgan ijodiy ishlarimiz bilan qatnashdik, - deydi tanlov g‘oliblaridan biri “Jalaquduq hayoti” gazetasi muharriri Shukirullo Xayitoxunov. – Ijodiy ishlarimiz e’tirof etilib, tahririyatimiz g‘olib bo‘lganligidan behad xursand bo‘ldik. Bu jamoamizga kuch va ilhom bag‘ishlaydi, kelgusida mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlari ko‘lavmini kengaytirishga astoydil harakat qilamiz.

Yakunda barcha yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA