Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda eng faol kitobxon davlat xizmatchilari taqdirlandi
12:26 / 2026-02-26

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida mutolaa qilish qiziqishini oshirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Andijon viloyatida “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini eng ko‘p o‘qigan davlat xizmatchisi” tanlovi o‘tkazildi.

Boshqaruv samaradorligi agentligi Andijon viloyati filiali tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boshqarmasi hamda viloyat axborot-kutubxona muassasasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlovda hududdagi davlat organlari va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari ishtirok etdi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi. Dastlab ishtirokchilarning Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, xususan, uning adabiy va ilmiy merosi yuzasidan bilimlari test sinovlari orqali baholandi. Yuqori natija qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqich — savol-javob tartibida o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya suv havza boshqarmasi tizimi xodimi Dilnoza Valiyeva 1-o‘rinni egalladi. Sport boshqarmasi tizimi xodimi Madinabonu Qodirova va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tizimi xodimi Obidjon Usmonov keyingi o‘rinlarga munosib deb topildi.

[gallery-27873]

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joiz, mazkur tanlov Agentlik tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Ishtirok etish istagini bildirgan davlat xizmatchilari sonining ortib borayotgani kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA