Andijonda ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda
Yangi yil bayrami arafasida “Vaqf” xayriya fondi tomonidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
– Mamlakatimizda, xususan, Andijonda “Vaqf” xayriya fondi tomonidan ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Alimov. – Viloyatdagi 882 ta mahallada yashovchi 8 ming 820 ta ehtiyojmad oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilayotganiligi xam fikrimizga bir misoldir.
[gallery-590]
Bundan tashqari, viloyatdagi 15 ta ziyoratgohlarda qur’on tilovat qilindi, qo‘ylar so‘yilib, ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. Un, shakar, mol go‘shti, tovuq go‘shti, mosh, loviya, no‘xat, choy va o‘simlik yog‘i joylangan qutilar ro‘yxat asosida ehtiyojmand oilalarga yetkazib beriladi.
F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA