Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda bolalar xastaliklarini davolash imkoniyati kengaydi
18:10 / 2021-10-27

Andijonda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ta’mirlanib, qayta qurilgan yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Shifokorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi ob’ektning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, bolalar salomatligini saqlash, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishlari uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

Markazning turli xastaliklarni davolashga ixtisoslashgan binolarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun qariyb 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

[gallery-4462]

Zamonaviy qiyofaga ega, 4 qavatli, jami 540 o‘rinli mazkur davolash binolarida yuqori saviyada tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Binolar eng zamonaviy, ilg‘or tibbiy jihoz hamda vositalar bilan ta’minlangan.

Ushbu tibbiy markazda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, murakkab yurak operatsiyalari, plastik jarrohlik muolajalari amalga oshiriladi. Umuman, Markazning to‘laqonli ish boshlashi bilan Andijonda bolalar xastaliklarini davolash imkoniyatlari yanada kengaydi.

Markaz yangi binolarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA