English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda boʻr davri yotqiziqlaridan tabiiy gaz qazib chiqarish qayta yoʻlga qoʻyildi
07:44 / 2020-06-12

1(yura)-sonli quduq “Andijonneftgazquduqtaʼmirlash” MCHJ mutaxassislari tomonidan toʻliq taʼmirlandi.


“Andijonneft" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Uchtepa” konida mukammal taʼmirlash ishlaridan keyin boʻr davri yotqiziqlarining XVIII qatlamidan tabiiy gaz qazib chiqarish qayta yoʻlga qoʻyildi.

1(yura)-sonli quduq “Andijonneftgazquduqtaʼmirlash” MCHJ mutaxassislari tomonidan toʻliq taʼmirlandi.

Ushbu quduqda 1085-1090 metr oraliqdagi qatlamdan kelayotgan suv yoʻlini toʻsish maqsadida sementli koʻprigi oʻrnatilib, 1064-1069 metr intervallar oraligʻida perforatsiya ishlari amalga oshirildi.

Natijada quduqdan sanoat miqyosida kunlik oʻrtacha 50 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Uchtepa” neftgazkondensat koni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan boʻlib, 2017-yilda ishga tushirilgan.